O‘zA O`zbek

27.08.2018 19:15 Chop etish versiyasi

Oʻn nafar bolaning sunnat toʻyi oʻtkazildi

Oʻn nafar bolaning sunnat toʻyi oʻtkazildi

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati Jizzax shahar boʻlinmasi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʻminlangan oilalar farzandlaridan 10 nafarining sunnat toʻyi oʻtkazildi. 

Shahardagi “Zokir ota” tantanalar majmuasida toʻy bolalarning oila aʻzolari, doʻstlari, yaqinlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan toʻyda xalqimiz ezgu udumlariga muvofiq har bir bolaga sarpolar, sovgʻa-salomlar berildi. 

– Toʻy mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida oʻtayotgani bilan yanada quvonchli boʻldi, – deydi Jizzax shahrining Qassoblik mahallasida istiqomat qiluvchi Surayyo Mamatqulova. – Jamiyatimizda qaror topgan yaxshilik, nochorlarga yordam koʻrsatish, yoshlarga gʻamxoʻrlikni his qilib turamiz. Bugun uch farzandimning sunnat toʻyi. Bu ishda bosh-qosh boʻlganlardan, homiylik qilgan saxiy insonlardan minnatdorman.

15.JPG

16.JPG

17.JPG

T.Beknazarov, OʻzA
3 203