Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 17:58 Chop etish versiyasi

Sariosiyo tumanida "Nuroniylar maskani" foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, nuroniylar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida qad rostlagan “Nuroniylar maskani” qurilishiga 450 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yerda keksa avlod vakillarining miriqib dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Kutubxona, nuroniylar choyxonasi, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ma’naviyat, tibbiyot, yuvinish xonalari zamonaviy usulda jihozlangan.

– Mustaqillik bayrami va Qurbon hayiti nishonlanayotgan shu kunlarda nuroniylar maskanining foydalanishga topshirilgani biz, keksalar uchun unutilmas sovg‘a bo‘ldi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi raisi A.Qosimov. – Yoshimizga yosh qo‘shildi. Endi uyda siqilib yotavermasdan, keksalar yig‘ilishib dam oladigan, madaniy hordiq chiqaradigan alohida maskan bor. Sport zalida tibbiyot xodimlari nazoratida sog‘liqni mustahkamlash mumkin. Yoshu keksaga birdek g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani uchun davlatimizdan minnatdormiz. Bularning bari tinchlik tufayli. Ilohim, yurtimiz hamisha tinch bo‘lsin.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
2 509






Все о погоде - Pogoda.uz