O‘zA O`zbek

04.05.2018 20:40 Chop etish versiyasi

Nukuslik Nurilla bobogabayram sovg‘alari topshirildi

Nukuslik Nurilla bobogabayram sovg‘alari topshirildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Nukus shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonida bo‘lib, bayram sovg‘alarini topshirdi.

“Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi urush va mehnat faxriysi Nurilla Abdullayevga Prezidentimizning esdalik sovg‘asi – qo‘l soati, 5 million so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, Nukus shahar hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlarinomidan ham sovg‘alar topshirildi.

10.jpg

12-faqat saytga.jpg

– Biz, urush qatnashchilariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizgaminnatdorlik bildiraman, – deydi Nurilla ota. – Hech qachon, hech qayerda urush bo‘lmasin, yoshlar doimo shunday tinch va baxtli turmush kechirsin.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatri, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri artistlari, san’at ustalari ijrosidagi urush yillari qo‘shiqlari tadbirga alohida zavq bag‘ishladi.

Shu kuni Nukus shahri Abdulla Qodiriy ko‘chasida yashovchi urush faxriysi Qadirboy Narmanovga Prezidentimiz nomidan sovg‘alar topshirildi.

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
5 028