O‘zA O`zbek

16.07.2020 Chop etish versiyasi

Nukusda tibbiy maslahat markazi ish boshladi

Nukusda tibbiy maslahat markazi ish boshladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tezkor shtabi huzurida “CALL CENTER” – tibbiy maslahat markazi ish boshladi.

Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot xizmati OʻzA muxbiriga maʼlum qildi.

Mazkur tibbiy maslahat markazi har kuni 24 soat davomida Orolboʻyi aholisini ijtimoiy-tibbiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga tibbiy-profilaktik yordam koʻrsatish, “COVID-19” koronavirusi kasalligi belgilari paydo boʻlganda zarur maslahat hamda axborot berish boʻyicha uzluksiz faoliyat olib boradi.

Markazga Nukus shahridagi davolash-profilaktik muassasalarining oliy malakali shifokorlari jalb qilingan.

1 230
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA