Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 15:39 Chop etish versiyasi

Nukusda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining plenumi bo‘lib o‘tdi

Nukusda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi o‘tkazildi.

Unda partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, tuman va shahar partiya tashkilotlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi, Parlament palatalari qo‘shma majlisidagi va mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan yo‘nalishlardan kelib chiqadigan muhim vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi muhokama etildi.

Plenumda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi va Jo‘qorg‘i Kengesdagi partiya fraksiyasining o‘tgan yilgi faoliyati va 2017-yildagi ustuvor vazifalari tahlil etildi.

Tadbirda eng asosiy ustuvor vazifa – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchil hayotga tatbiq etish, partiya tizimida fuqarolar, saylovchilar va elektorat bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali usul va mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

– Bugungi kunda partiyamiz boshlang‘ich tashkilotlari soni 617, a’zolar soni 15 ming 400 ga yetdi, – deydi partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi T.Romanov. – 2016-yilda elektorat manfaatlarini himoya qilish maqsadida Jo‘qorg‘i Kenges va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga partiyadan saylangan deputatlar tomonidan 267 deputatlik so‘rovi amalga oshirildi. Bu 2015-yilga nisbatan qariyb 70 taga ko‘pdir. Partiya deputatlik guruhlari tomonidan 25 nafar mansabdor shaxsning hisoboti tinglandi.

Plenumda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
2 071






Все о погоде - Pogoda.uz