O‘zA O`zbek

25.08.2018 17:12 Chop etish versiyasi

Nukusda mahobatli davlat bayroqlari oʻrnatildi

Nukusda mahobatli davlat bayroqlari oʻrnatildi
Nukus shahri markazida balandligi 55 metrlik flagshtokda eni 8, uzunligi 15 metr boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat bayroqlari oʻrnatildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yangi bosqichga koʻtarilib, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan olijanob tamoyil barcha sohalarda yuksak samaralar berayotganini taʻkidladi.

7.jpg

Nukus shahridagi I.Saviskiy nomidagi davlat sanʻat muzeyi va Ajiniyoz shoir yodgorligi qoshida magʻrur qad rostlagan bayroqlar shahardagi eng baland obyektlardan biriga aylandi. Ularni shaharning istalgan joyidan koʻrish mumkin.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov soʻzga chiqdi.

Y.Qanoatov, M.Habibullayev (surat), OʻzA
2 120