Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.09.2017 17:05 Chop etish versiyasi

Nukusda bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining anjumani bo‘lib o‘tdi

Nukusda bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining anjumani bo‘lib o‘tdi Tadbirda yozgi dam oldirish mavsumida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, faollik ko‘rsatgan tashkilotlar, tashkilotchilar, eng namunali deb topilgan oromgohlar, xodimlar rag‘batlantirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavsum davomida 11 mingdan ziyod bola oromgohlarda dam oldirilib, sog‘lomlashtirildi. 3 ming o‘quvchi Toshkent shahri, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi so‘lim oromgohlarga borgan bo‘lsa, maktablar qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarda minglab o‘g‘il-qizlar miriqib hordiq chiqardi. Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning farzandlari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oromgohlarga imtiyozli ravishda qamrab olindi. O‘quvchilarning yozgi ta’tilini namunali tashkil etish maqsadida Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarida maxsus shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘quvchilar yozgi ta’til kunlarini yanada mazmunli va maroqli o‘tkazishi uchun oromgohlarda Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, san’at bayramlari, sport musobaqalari o‘tkazildi.

Korxona va tashkilotlar huzurida tashkil etilgan 10 “Mehnat va rohat” oromgohida kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan 272 nafari amaliyot o‘tashi, mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratildi.

Mavsum yakuni bo‘yicha Nukusdagi “Yosh avlod” bolalar dam olish markazi "Eng namunali oromgoh" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilib, taqdirlandi. "Eng yaxshi tarbiyachi", "Eng faol yetakchi", "Eng yaxshi sport murabbiysi", "Eng yaxshi tibbiyot xodimi", "Eng yaxshi pazanda", "Eng faol ichki ishlar xodimi", "Eng yaxshi oromgoh boshlig‘i", "Eng yaxshi hamkor" kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
572






Все о погоде - Pogoda.uz