Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 15:02 Chop etish versiyasi

Nukusda "Bolalar kitobi" III respublika festivali bo‘lib o‘tdi

Nukusda "Bolalar kitobi" III respublika festivali bo‘lib o‘tdi Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, Madaniyat, Xalq ta’limi vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yosh avlodning kitobga qiziqishini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

"Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi" shiori ostida tashkil etilgan festival rang-barang kitoblar ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan “Bilim” va “Qoraqalpog‘iston” nashriyotlarida chop etilgan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi fundamental kutubxonasi, oliy o‘quv yurtlari axborot-resurs markazlari tomonidan taqdim etilgan adabiy-badiiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy kitoblar, bolalar adabiyotlari namoyish etildi.

Shoir-yozuvchilar bilan uchrashuv va kitobsevarlar ishtirokidagi anjumanda yosh kitobxonlar o‘rtasida o‘tkazilgan viktorina savollariga to‘g‘ri javob berib, g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

10.jpg

– Ertak kitoblar o‘qishga juda qiziqaman, – deydi Xo‘jayli tumanidagi 60-umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchisi Umrbek Shukrullayev. – Bugungi ko‘rgazmada kitob shunchalar ko‘pki, qani edi shuning hammasini o‘qib chiqsam, deb orzu qildim. Katta bo‘lgunimcha o‘qiyman ham. Asar mualliflari ishtirokida o‘tkazilgan yangi adabiyotlar taqdimoti menda juda katta taassurot qoldirdi.

“Bolalar kitobi” festivali kitobxonlar o‘rtasida ijodiy tanlov va she’rxonlik kechasi bilan yakunlandi. Bolalar ijodiy jamoalari ijrosidagi konsert dasturi tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 299






Все о погоде - Pogoda.uz