“Nukus siti” qurilishi boshlandi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida “Nukus Siti” loyihasining qurilish ishlari boshlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida “Nukus Siti” loyihasining qurilish ishlari boshlandi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Nukus shahar hokimi vazifasini bajaruvchi P.Tureshov, qurilish tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Nukusda qad rostlayotgan “Nukus city” shaharning eng soʻlim maskanlaridan biriga aylanadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, dastlabki yili 2 ta 7 qavatli va 2 ta 16 qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Kelajakda ular qatoridan bir qancha koʻp qavatli turarjoylar va villalar, zamonaviy savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari oʻrin oladi. Qurilish ishlari bosh pudratchi “Uy-joy qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Shu kunning oʻzida 7 va 16 qavatli uy-joyning tamal toshi qoʻyilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.