O‘zA O`zbek

01.09.2018 10:25 Chop etish versiyasi

Nukus shahrida yangi uy-joylar foydalanishga topshirildi

Nukus shahrida yangi uy-joylar foydalanishga topshirildi
Mamlakatimizda mustaqilligimizning 27 yillik bayrami shukuhi hukm surayotgan shu kunlarda Nukus shahrida har biri 45 xonadondan iborat 10 ta uy-joy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yangi uy sohiblari hamda ularning yaqinlari ishtirok etdi.

Ushbu uylardan oltitasi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan yoki nogironligi boʻlgan shaxslarga boshlangʻich toʻlovlarsiz berilgani eʼtiborga molik.

2.jpg

– Besh qizim bor, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston filialida hamshira boʻlib ishlayman, – deydi yangi xonadon sohiblaridan biri P.Abdijamilova. – Turmush oʻrtogʻim olamdan oʻtgandan keyin uy olishga ishonchim soʻngan edi. Tegishli idoralar xodimlari tomonidan mening ijtimoiy ahvolim hisobga olinib 3 xonali kvartira berildi. Bunga hozir ham ishona olmayapman, juda xursandman. Uyda hamma qulayliklar mavjud ekan.

Shu kuni mazkur hududda yangidan qurilgan 8-sonli oilaviy poliklinika va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ham foydalanishga topshirildi.

Tadbir sanatkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Uylarni topshirish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov soʻzga chiqdi.

Y.Qanoatov, M.Habibullayev (surat), OʻzA
3 019