O‘zA O`zbek

14.08.2019 23:55 Chop etish versiyasi

Nukus garnizonida harbiylar oilalari uchun mini-futbol maydonchasi va tikuv sexi foydalanishga topshirildi

Nukus garnizonida harbiylar oilalari uchun mini-futbol maydonchasi va tikuv sexi foydalanishga topshirildi
Besh tashabbus – amalda

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi Nukus garnizoni harbiy qismlaridan birida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida yangi mini-futbol maydonchasi va tadbirkor ayol Gulshod Isʼhoqova rahbarligidagi “Bekajon” tikuv sexining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.

Unda Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari va okrug qoʻmondonligi, tuman hokimligi vakillari va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi. Marosimdan soʻz olgan mehmonlar harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini yangilik bilan qutladi.

Mini-futbol maydonchasining barpo etilishi, ayniqsa, futbolga qiziqishi boʻlgan yoshlarni quvontirdi. Tikuvchilik sexi harbiy xizmatchilarning oilalarini ish bilan taʼminlashga xizmat qildi. Harbiy shaharchada maktabgacha taʼlim muassasasining barpo etilganiga hali uncha koʻp vaqt oʻtgan boʻlmasada, galdagi oʻzgarishlar harbiylarning oilalariga zavq ulashdi.

Mudofaa vazirligidan tashrif buyurgan masʼul ofitserlar marosim soʻngida harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan harbiylarning oilalari sharoiti bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarni oʻrganishdi.

OʻzA
738