Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 17:19 Chop etish versiyasi

340 nosoz elektr uskunasi tarmoqdan uzildi

Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari doirasida joriy yil 30-avgustdan 6-sentabrga qadar hududdagi 7 ming 743 xonadon, 151 tashkilot va 83 tadbirkorlik subyektiga qarashli joylarda tekshiruvlar o‘tkazdi.

Tekshiruvlar davomida aholi tomonidan 63 bor yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish holati aniqlanib, javobgar shaxslar 6 million 365 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi. Yong‘in kelib chiqish xavfi bo‘lgan 36 bino va inshootdan foydalanish vaqtincha to‘xtatilib, 340 nosoz elektr uskunasi tarmoqdan uzildi. Hafta davomida sodir bo‘lgan 26 yong‘inda 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olgan.

Mutaxassislar mahalla fuqarolar yig‘inlari, aholi gavjum joylar, korxona-tashkilotlar, ta’lim va tibbiyot muassasalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazmoqda.

Viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Yuqori Chirchiq tumanidagi paxta tozalash korxonasida ham tashkilotning yong‘in xavfsizligiga qanchalik tayyorligi tekshirilib, ishchilar ishtirokida tushuntirish-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mutaxassislar yig‘ilganlarga yong‘inning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish tartib-qoidalari va boshqa zarur tavsiyalar berdi.

Hafta davomida xuddi shunday profilaktik tadbirlar Yangiyo‘l tumanidagi tibbiyot birlashmasida ham o‘tkazildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 091






Все о погоде - Pogoda.uz