O‘zA O`zbek

28.08.2018 13:29 Chop etish versiyasi

Noroniylar ishtirokida Toshkentga sayohat uyushtirildi

Noroniylar ishtirokida Toshkentga sayohat uyushtirildi

Eng aziz, eng ulugʻ ayyom — Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida jizzaxlik bir guruh faxriylarning mamlakatimiz poytaxti — Toshkent shahriga sayohati uyushtirildi.

2.JPG

Nuroniylar, dastlab, Zangiota majmuasini ziyorat qildi. Ayniqsa, Xasti Imom, Minor masjidlari, Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif faxriylarda katta taassurot qoldirdi.

4.JPG

— Inson azizu mukarram boʻlgan yurtda rohat-farogʻatda yashayotganimiz oʻzi bir baxt, - deydi mehnat faxriysi Nuriddin Nurmatov. — Mamlakatimiz poytaxti — Toshkent shahri tanib boʻlmas darajada oʻzgarganini koʻrib, shu kunlarga yetkazganiga shukronalar keltirdik. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom boʻlishi uchun qoʻlimiz doimo duoda boʻladi.

8.JPG

10.JPG

J. Yorbekov (surat), OʻzA
2 304