O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

06.09.2018 11:38 Chop etish versiyasi

Noreal qarzdorliklar bartaraf etilmoqda

Noreal qarzdorliklar bartaraf etilmoqda

Fuqaro M.Madrahimova xonadoniga ichimlik suvidan asossiz 5538442 soʻm noreal qarzdorlik yuklatilgan.

Urganch tuman IHHQ jamiyatiga Urganch tuman Chakkasholikor qishlogʻi “Sholikor“ mahallasi “Bozor“ koʻchasi, 59-uyda yashovchi fuqaro Mustafo Masaburov murojaat qilib, xonadonida koʻp yillardan beri ichimlik suvi yoʻq boʻlsa ham, isteʼmolchiga 7081265 soʻm noreal qarzdorlik yuklatilganini bildirgan. Ushbu masala jamiyat tomonidan oʻrganilib, isteʼmolchiga yuklatilgan noreal qarzdorlik bekor qilindi.

Shuningdek, Urganch tuman Gʻoybu qishlogʻida yashovchi fuqaro M.Madrahimova xonadoniga ichimlik suvidan asossiz 5538442 soʻm noreal qarzdorlik yuklatilgani yuzasidan Urganch tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Ushbu murojaat Urganch tuman jamiyati tomonidan oʻrganilib, sudga daʼvo arizasi kiritildi va sudda isteʼmolchi huquqlari himoya qilinib,ichimlik suvidan noreal yuklatilgan qarzdorlik bekor qilindi.

OʻzA