O‘zA O`zbek

29.08.2018 19:55 Chop etish versiyasi

Nobel mukofoti laureati Oʻzbekistonda

Nobel mukofoti laureati Oʻzbekistonda Yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligidagi delegatsiya bilan mamlakatmizga keldi.

Bugun, 29 avgust kuni Toshkent shahrida taniqli olim Ryodzi Noyori bilan oʻzbekistonlik tadqiqotchi olimlar va yosh isteʼdod egalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalkaro Nobel fondi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuv yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda kimyogar olim yurtimizda ilm-fan rivoji yoʻlida qilinayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Ilmiy faoliyati va izlanishlariga doir oʻz taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Maʼlumot oʻrnida, dunyo tan olgan olim Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik assimetrik sintez yoʻnalishidagi muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Uning tadqiqotlari natijasida toʻqimalardagi kimyoviy jarayonlarni nazorat qilish imkoni yaratildi. Ryodzi Noyori Yaponiya taʼlim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengashining haqiqiy aʼzosi va qator Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSH, Xitoy Fanlar Akademiyasi aʼzosidir. BMTning turliloyihalarida oʻz tashabbuslari bilan faol ishtirok etadi.

Dunyo tan olgan kimyogar Ryodzi Noyorining Oʻzbekistonga tashrifi yurtimiz fan- texnika borasidagi tadqiqotlarning yanada bardavom rivojlanishida muhim omil boʻladi.

Dilobar Mamatova, OʻzA
1 297