O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Nobel mukofoti laureati Dan Shextman O‘zbekistonda startap-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun samarali ekotizimni yaratishga ko‘maklashadi

Nobel mukofoti laureati Dan Shextman O‘zbekistonda startap-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun samarali ekotizimni yaratishga ko‘maklashadi

Avval xabar berganimizdek, Innovatsion rivojlanish vazirligining taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Texnion — Isroil texnologiya instituti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman ayni vaqtda yurtimizda bo‘lib turibdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida Nobel mukofoti sovrindori Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi, Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi. Shuningdek, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, IT Park, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatiga tashrif buyurish rejalashtirilgan.


photo5339269537708748166.jpg
Eslatib o‘tamiz, Dan Shextman 2011 yilda da kvaziperiodik kristallarini kashf etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Fizik kimyoning asoschisi bo‘lgan taniqli kimyogar o‘z misolida ma’lum fikrni himoya qilish va maqsadlarga erishish uchun qat’iyatli bo‘lishning muhimligini isbotladi. Ilg‘or texnologiyalar markazida yosh olimlar bilan uchrashuvda Dan Shextman yuqori texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan muvaffaqiyatli startaplarni tashkil etishning asosiy bosqichlarini muhokama qildi.

Professor Shextmanning fikriga ko‘ra, texnologik tadbirkorlik zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi va ilmiy g‘oyani muvaffaqiyatli tijoratlashtirish uchun iqtisodiyot, menejment, marketing, muvaffaqiyatli ilmiy startaplar tajribasidan foydalanish, shuningdek, o‘z xato va muvaffaqiyatsizliklarini doimiy tanqidiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.

Auditoriya bilan muloqot chog‘ida texnologik tadbirkorlik uchun muvaffaqiyatli ekotizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lmish Isroilning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi. Yoshlarni ilm-fanga asoslangan texnologiyalar sohasiga jalb etish muammosi haqida so‘z ketarkan, mamlakatning barcha hududlaridagi bolalar sifatli o‘rta ta’limni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishi muhimligini qayd etdi. Shundagina texnik bilimlarga ega milliy kadrlarni sifat va son jihatdan yuqori darajaga olib chiqish mumkin. Shuningdek, D. Shextman oliy ta’lim muassacalarida, ayniqsa texnika universitetlarda darslarning ingliz tilida olib borilishi, ingliz tilidagi darsliklardan foydalangan holda darslar o‘tish muhimligini qayd etdi.

– Bizning universitetlarda ingliz tili tarjimoni kerak emas, – dedi professor. – O‘qituvchi-professorlar ham, talabalar ham sof ingliz tilida so‘zlashadilar. Ingliz tilining ilm-fan va innovatsiyalar tili ekanini unutmasligimiz kerak. Shu bois ham bizning OTMlarda ingliz tili o‘qituvchilari alohida hurmatga ega.

Dan Shextman startap loyihalarni, korxonalarni rivojlantirish uchun nafaqat professional bilimlarga, balki tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yangi farmatsiya kadrlarini tayyorlash zarurligi ta’kidladi. Bundan tashqari, uning fikricha, ichki ishonch ham startapchi uchun muhim jihatdir.

– Ota-onalar bolalarni yoshligidan o‘ziga ishonchini qo‘llab quvvatlashi kerak, – deb maslahat berdi, – D. Shextman. – Yoshlar ko‘p o‘qishi va biror sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishiga sharoit yaratib berilishi kerak. Muhimi, o‘zgarishlar va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmang! Omadsizlik sizni yuqoriga olib chiqishi mumkin bo‘lgan darvozani ochib berishi mumkinligini unutmang.

Davra suhbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ilg‘or texnologiyalar markazi rahbariyati va O‘zbekistondagi Isroil elchixonasi vakillari ishtirokida hamkorlik istiqbollari, jumladan, startap-tadbirkorlikni rivojlantirish va ilmiy yutuqlarni tijoratlashtirish uchun samarali ekotizimni yaratishda Ilg‘or texnologiyalar markaziga ko‘maklashish sohasidagi qator masalalar muhokama qilindi.

Professor Shextman har yili o‘z ma’ruzalari bilan butun dunyo bo‘ylab o‘nlab universitetlarga tashrif buyuradi. Uning ma’ruzalari nafaqat kimyo, balki yosh olimlarning tadbirkorlik ruhini rivojlantirishga bag‘ishlangan. Professor “texnologik“ tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Professorning fikriga ko‘ra, texnologik tadbirkorlik universaldir. Uning tamoyill
arini mustahkamlash uchun davlatga o‘qimishli odamlar, ayniqsa olimlar: muhandislar, shifokorlar, kompyuter texnologiyalari mutaxassislari kerak.

322
O‘zA