O‘zA O`zbek

28.08.2018 18:03 Chop etish versiyasi

Nissan kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

Yaponiyaning Nissan kompaniyasi Xitoy bozori uchun elektromobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqda, deb xabar berdi BBC.

Avvalroq, Nissan kompaniyasi Xitoyning Dongfeng Motor group kompaniyasi bilan hamkorlikda Slyphy Zero Emission avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagan edi.

Maʻlumotlarga koʻra, AQSH – Xitoy savdo urushi Yaponiyaning Xitoy bilan savdo aloqalarini mustahkamlashiga sabab boʻlmoqda. Nissan kompaniyasi kelgusi yilgacha ancha arzon narxlarda elektr avtomobillar ishlab chiqarishni hamda ushbu modellar 2022 yilgacha ishlab chiqarishining uchdan bir qismini tashkil etishini reja qilmoqda.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 565