O‘zA O`zbek

08.08.2018 20:06 Chop etish versiyasi

Nigora – tanlov g‘olibi

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Milliy ma’naviyatimizning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, qadriyatlarimizni asrab-avaylash, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, bu sohada faollik ko‘rsatayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida 10 nafar ishtirokchi o‘zaro bahslashdi.

Ishtirokchilarning milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha faoliyatiga doir dasturlari, rejalari, o‘tkazayotgan tadbirlarining saviyasi, nutqiy mahorati va ommaviy axborot vositalaridagi faolligiga alohida e’tibor qaratildi.

Navoiy davlat pedagogika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Nigora Safarova oliy o‘ringa sazovor bo‘ldi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi zamonda ma’naviyatimizni, milliy o‘zligimizni asrash eng muhim vazifalardan biridir, – deydi N.Safarova. – Ayniqsa, yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish jamiyatimizda ma’naviy sog‘lom muhitni mustahkamlashning asosiy shartidir.

Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 026