O‘zA O`zbek

30.08.2018 12:13 Chop etish versiyasi

“Night Unlim-27” xizmati ishga tushmoqda

“Night Unlim-27” xizmati ishga tushmoqda

“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan Uztelecom “Night Unlim-27” xizmatini ishga tushirmoqda.

Uzonline faol abonentlari uchun 27 tun davomida cheksiz internet va 2 Mb/s tezlikda Tas-IX taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati maʼlumot berdi.

Mazkur xizmat 2018-yil 27-avgustdan 22-sentyabrgacha 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi. Aksiya faqat jismoniy shaxslar uchun. “Night Unlim-27” xizmatining barcha qoʻshimcha shartlari “Night Unlim” xizmati shartlariga muvofiq amal qilinadi.

“Night Unlim-27” xizmatini toʻgʻri tarifikatsiya qilish va tezligini oʻzgartirish uchun joriy sessiyani toʻxtatish zarur, yangisini esa 00:00 dan soʻng aktivlashtirish kerak boʻladi.

Shuningdek, kommutatsiya tarmogʻi yuklamasini kamaytirish, taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini taʼminlash maqsadida 2018-yil 1-sentyabrdan “Oʻzbektelekom“ AK GSM standartidagi “Yoshlar“ tarif rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritmoqda.

“Yoshlar“ tarif rejasi abonentlari oʻrtasida kiritilgan daqiqalar miqdori oyiga 500 daqiqa, tarif rejasi doirasida kiritilgan limitdan ortiq chiqish qoʻngʻiroqlari 25 soʻm etib belgilanadi.

Ushbu tarif rejasiga faqatgina Uztelecom savdo ofislarida ulanish mumkin.

OʻzA
4 473