Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.09.2018 11:10 Chop etish versiyasi

Nega jamoat transportlariga videoregistrator oʻrnatilmoqda?

Nega jamoat transportlariga videoregistrator oʻrnatilmoqda?

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qarori bilan har haftaning juma kuni “Yoʻl harakati xavfsizligi kuni” deb belgilangan.

Toshkent viloyati YHXB tomonidan oʻtkazilgan “Yoʻl harakati xavfsizligi kuni”da yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 45ta yuridik shaxs, 14ta avtomobillarga gaz quyish shaxobchasi va 22ta avtoturagohda jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda haydovchilar va masʼul xodimlar ishtirokida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, yoʻllarda harakatlanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha targʻibot suhbatlari tashkil etildi.

Targʻibot kunida qaror talablaridan kelib chiqqan holda 23ta jamoat transportiga videoregistrator oʻrnatildi. Bu avtomobil yoʻllarida haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Oʻz navbatida, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va xonadonlarda yillar davomida foydalanish uchun yaroqsiz holda boʻlgan 16ta transport vositasi aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda DYHX xizmati roʻyxatidan oʻchirildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar davomida yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shugʻullanyotgan 37 nafar haydovchi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.

Ulugʻbek Asrorov, OʻzA
1 234