Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.02.2018 18:01 Chop etish versiyasi

Nazoratchi 71 fuqaroning ko‘ziga parda tortdi

“Suvoqava” davlat unitar korxonasi Nurota tumani filialining sobiq nazoratchisi E.H. tumanning Nurfaxr, Yangiobod, Eshon Sudur va Bo‘diq mahallalarida yashovchi 71 nafar fuqaroni chuv tushirdi. Aholining ichimlik suvi uchun to‘langan jami 5 million 300 ming so‘mdan ziyod pulini o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Bu holat Majburiy ijro byurosi Nurota tumani bo‘limi tomonidan Prezidentimizning 2017 yil 16 noyabrdagi “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tekshirish jarayonida ma’lum bo‘ldi.

“Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r” deganlaridek, E.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodesining 168-moddasi 1-qismi va 167-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
4 764