O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Nazorat inspeksiyasi namunaviy uylardagi kamchiliklarni toʻla-toʻkis bartaraf qilinishini nazorat qiladi

Nazorat inspeksiyasi namunaviy uylardagi kamchiliklarni toʻla-toʻkis bartaraf qilinishini nazorat qiladi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh xotin-qizlarning shikoyati aks etgan video tarqalgan edi. Unda aholi 2018 — 2019-yillarda koʻchib kirgan namunaviy uylarining sifatsizligi, atrofda vaʼda qilingan ijtimoiy tuzilmalar mavjud emasligi haqida shikoyat qilganini koʻrish, eshitish mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani “Obod” massivida 2019-yil qurilib, foydalanishga topshirilgan 16 xonadonga ega ikki qavatli turar-joyda yashayotgan bu insonlarning chiqishlariga Qurilish vazirligi eʼtibor qaratdi.

Vazirlikning axborot xizmatining OʻzAga maʼlum qilishicha, murojaatchilarning buyurtmachi korxona “Qishloq Qurilish Invest” MCHJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali mutaxassislari turar joy egalari bilan uchrashib, ular ishtirokida namunaviy uylardagi mavjud kamchiliklar joyida oʻrgandi.

Shunga koʻra pudrat tashkilotlari, yaʼni “Qoraqalpoqavtodiselservis” MCHJ hamda “Kelajak Inshooti” MCHJlarga mazkur turar joylarda qayd etilgan kamchiliklarni joriy yilning avgust oyi davomida bartaraf qilish talablari qoʻyildi va javobgarlik haqida ogohlantirildi.

Qayd etish kerakki, ushbu murojaat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi qayd etilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis bartaraf qilinishini nazorat qiladi.

1 861
OʻzA