O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Navoiyda saylovga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Navoiyda saylovga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Saylov – 2019 

Navoiy viloyati saylov komissiyasida joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligi saylovlariga tayyorgarlikning borishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Viloyat saylov komissiyasi raisi Sh.Jo‘raev joriy yilgi saylovlarni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni saralash va ko‘rsatishga jiddiy yondashilayotgani siyosiy jarayonlarning demokratik tamoyillar asosida o‘tishiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida ovoz berishni tashkil etish tartiblari xususida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Darhaqiqat, joriy yilgi saylovlarda viloyatdan 648 ming saylovchi ishtirok etishi, shundan 16 ming nafari birinchi marotaba ovoz berayotgan yoshlar ekani qayd etildi.

Viloyatda bu muhim siyosiy jarayonni yuqori saviyada tashkil etish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 5, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi 285 saylov okrugi hamda 432 uchastka saylov komissiyasi faoliyat yuritadi. Deputatlik o‘rinlari uchun vohadagi beshta partiya o‘z nomzodlarini ilgari suradi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

255
N.RAHIMOV, O‘zA