O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

Navoiyda ilk bor I an’anaviy “Uzum sayli” o‘tkaziladi

Navoiyda ilk bor I an’anaviy “Uzum sayli” o‘tkaziladi

Navoiy shahridagi muhtasham “Amfiteatr” majmuasida joriy yilning 24 avgust kuni "Uzum sayli" tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu saylda uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadigan fermer xo‘jaliklari, mayiz hamda uzumdan tayyorlangan vinochilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, uzumdan tayyorlangan shinni va murabbolar ko‘rgazmasi va “Uzum sayli”ga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi o‘tkazilib, o‘zbek milliy taomlari pishiriladi. 

Uzumchilikni madh etuvchi terma, o‘lan va qo‘shiqlar yangrab, tiadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minlaydi. 

639
O‘zA