O‘zA O`zbek

09.01.2018 15:19 Chop etish versiyasi

Navoiyda harbiy xizmatchilar uchun bunyod etilgan 4 qavatli xizmat uyi foydalanishga topshirildi

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi A.Saidov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari tinchligimiz, xalqimiz birdamligi samarasi ekanini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 martda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari uchun uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori asosida sifatli bunyod etilgan yangi uylarda harbiylarning oilasi xotirjamligini o‘ylab yaratilgan imkoniyatlar yurt tinchligi uchun xizmat qilishda muhim omildir.

Navoiy shahridagi harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan Akbar Nuftiyev oilasiga uch xonali xonadon kaliti topshirildi.

– Bugun biz, harbiy xizmatchilarga barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda, – deydi A.Nuftiyev. – Bizga berilgan uyda ham oilamiz bilan baxtiyor yashash uchun barcha sharoit muhayyo. Bunday yuksak e’tiborga javoban yanada fidokorona xizmat qilishga, farzandlarimizni Vatanga sodiq, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga va’da beraman.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
7 560