Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.10.2017 13:57 Chop etish versiyasi

“Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish, asarlari mazmun-mohiyatini yosh avlod ongu shuuriga chuqur singdirish, buyuk ajdodimizning ma’naviy merosini keng ommalashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Tanlovda o‘quvchilar eng ko‘p g‘azal yod olish, g‘azalni ifodali o‘qish, g‘azal matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish, g‘azal matnidagi tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlash kabi shartlar bo‘yicha bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Navbahor tumanidagi 34-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Marjona Nodirqulova birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘ringa Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Quvonchbek G‘aybullayev, uchinchi o‘ringa Xatirchi tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Mohinur Quvondiqova sazovor bo‘ldi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz