Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2017 18:10 Chop etish versiyasi

Navbatdagi profilaktika kuni: muhokamalar yaxshilikka xizmat qiladi

Yurtboshimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 10-apreldagi "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bunda dasturilamal bo‘lmoqda.

Navbatdagi profilaktika kunida poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Sharq mahallasida ikki jinoyat ishining jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

Toshkent yengil sanoat kasb-hunar kollejining uchinchi bosqich o‘quvchisi Komila Abzalxonova Uchtepa tumanidagi 51-uy, 9-xonadonda yashovchi Svetlana Dementeva bilan birgalikda jinoyat sodir etgan. Ular Uchtepa tumanida yashovchi 16 yoshli Risolat Shamsiddinovaga tan jarohati yetkazgan. Voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov ishlari davom etmoqda.

Muhokamada voyaga yetmaganlarning jinoyat, huquqbuzarliklar sodir qilishi bir oila uchungina emas, ayni paytda jamiyat uchun ham koni zarar ekanligi, o‘smirlarning davlat va jamiyat axloqiy mezonlari talablariga rioya qilmasligi yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi yig‘ilganlarga tushuntirildi.

– Ota-ona farzand voyaga yetguniga qadar ularni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga mas’uldir, – deydi Chilonzor tumani IIB boshlig‘ining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Furqat Suyarov. – Ko‘pchilik ota-onalar farzandini moddiy ta’minlash bilan chegaralanib, tarbiyani ikkinchi darajaga tushirib qo‘ymoqda. Natijada hayotning past-u balandiga tushunmaydigan, hali voyaga yetmagan o‘smir to‘g‘ri yo‘ldan adashib qolmoqda.

Ikkinchi muhokama muqaddam sudlangan, 1953-yilda tug‘ilgan Murod Mirzayevning jinoyati bo‘yicha o‘tkazildi. Giyohvandlik yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish borasida olib borilgan tezkor tadbirlar samarasida tuman IIB tomonidan M.Mirzayev xonadonida taqiqlangan o‘simliklar o‘stirilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Muhokamada tuman IIB xodimlari va mahalla faollari M.Mirzayevga bunday noqonuniy hatti-harakati turli salbiy oqibatlarga olib kelishini uqtirdi.

Davron Sunnatov, O‘zA
729






Все о погоде - Pogoda.uz