O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

Naslchilik: amaliyot va samara

Naslchilik: amaliyot va samara

Buxoro viloyatida aholini chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish, isteʼmol bozorlarini uzluksiz taʼminlash maqsadida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Keyingi yillarda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha alohida qarorlar qabul qilinayotganligi hamda ularning ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda.

Viloyatda barcha toifadagi xoʻjaliklarda joriy yilning 1-yanvar holatida qoramollar bosh soni 1227,5 mingga yetib, shundan sigirlar bosh soni 398,5 mingga, qoʻy va echkilar bosh soni 2189,9 mingga va parrandalar bosh soni 5 million 682 mingga oʻsishga erishildi.

photo_2020-07-13_18-27-23.jpg

Goʻsht ishlab chiqarish hajmi 257,8 ming tonnaga, sut ishlab chiqarish 965,9 ming tonnaga, tuxum ishlab chiqarish 468,2 ming donaga oʻsishi taʼminlandi.

2020-yilda jami loyiha qiymati 308 milliard soʻmlik 52 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar amalda 8 ta loyihaga 36,3 milliard soʻmlik bank kreditlari, 102 milliard soʻmlik oʻz mablagʻlari, jami 138,3 milliard soʻmlik mablagʻ sarflandi. 300-500 boshga moʻljallangan chorvachilik komplekslari tashkil etilayotir. Ayni paytga qadar chetdan 425 bosh naslli qoramollar olib kelindi.

Jondor tumani “Jondor chashmasi” fermer xoʻjaligida 25 ta xonadonda 110 bosh, Vobkent tumanida “Razzoqova Zarnigor” oilaviy korxonasi”da 10 ta xonadonda 80 bosh, Peshku tumani “Sadirov” fermer xoʻjaligida 20 ta xonadonda 60 bosh qoramollar tarqatildi.

photo_2020-07-13_18-27-34.jpg

Chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida, joriy yilda 196,5 ming bosh sigir va urgʻochi tanalarni sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha alohida tizim yaratildi. 310 ta veterinariya va sunʼiy urugʻlantirish punktlari tashkil etildi.

– Viloyat “Chorvanasl” markaziga naslchilik asbob-anjomlarini xarid qilish uchun 3 milliard 178 million soʻm ajratilishi belgilangan, – deydi “Chorvanasl” markazi rahbari Nosir Rahmatov.

– Ushbu mablagʻlar hisobiga zarur texnika va uskunalar xarid qilinmoqda.

photo_2020-07-13_18-27-30.jpg

Sunʼiy urugʻlantirish texnik oseminatorlarning ish samaradorligini yana-da yaxshilash maqsadida viloyat mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda 400 million soʻm mablagʻ ajratildi.

Ajratilgan mablagʻlar hisobiga qoʻshimcha 22 dona zamonaviy innovatsion shakldagi koʻchma konteynerli sunʼiy urugʻlantirish punktlarini har bir tumanda 2 tadan ishga tushirildi.

Chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning bajarilishi hamda joriy yilda tasdiqlangan loyihalar boʻyicha muammo va masalalar viloyat chorvachilik shtabi tomonidan oʻrganilib amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.


3 310
Zarif KOMILOV, Tohir ISTATOV (surat), OʻzA