Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.10.2017 12:54 Chop etish versiyasi

"Namunali kitob do‘koni" tanlovi g‘oliblari Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilinadi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan "Namunali kitob do‘koni" respublika tanlovi kitob do‘konlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali xalqimizga namunali ma’rifiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan iboratdir.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad kitob do‘konlari faoliyatini yanada yaxshilash, yangilarini barpo etish, xalqimizga malakali va sifatli ma’rifiy xizmat ko‘rsatayotgan kitob do‘konlarini rag‘batlantirishdan iboratdir. Loyiha doirasida yozuvchi va shoirlar ishtirokida davra suhbatlari, ijodiy anjumanlar, muloqot va uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

"Namunali kitob do‘koni" respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari 2018-yilning mart oyida, Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 762






Все о погоде - Pogoda.uz