Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 14:56 Chop etish versiyasi

Namanganda “Yoshlar poyezdi”

Namanganda “Yoshlar poyezdi” Namangan viloyati shahar va qishloqlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

“Yoshlar poyezdi”ga yosh olim va mutaxassislar, shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, tadbirkorlar, sportchilar, ijtimoiy soha xodimlari, jurnalistlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari jalb etilgan.

Davra suhbatlari, ochiq muloqotlardan tashqari chekka qishloqlardagi ta’lim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va kasalxonalarga kitoblar sovg‘a qilinmoqda. Yetim bolalar, imkoniyati cheklangan, shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga sovg‘alar topshirilmoqda, tajribali shifokorlar jalb qilingan holda bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilayotir.

To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan uchrashuv va “Kitob — hayot xazinasi” aksiyasi tuman yoshlari yodida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘ldi.Tumanning Buramatut qishlog‘idagi so‘lim bog‘da uyushmagan yoshlar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan 250 nafardan ziyod yigit-qiz o‘zlarini o‘ylantirayotgan muammolarni haqida gapirdi. 20 dan ortiq murojaatning asosiy qismi mutasaddilar ishtirokida shu yerning o‘zida hal etildi.

–Chevarlikdan saboq olganman, - deydi to‘raqo‘rg‘onlik Ruxsora Ahmadaliyeva. – Biroq, ishlay, desam qishloqda bunday korxona yo‘q. Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yay,desam, tikuv dastgohi, xomashyo uchun sarmoya yetishmaydi. Bugungi muloqotda menga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi yordam berishini aytishdi. Bundan juda xursandman, o‘zimga ishonch paydo bo‘ldi.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
2 867






Все о погоде - Pogoda.uz