O‘zA O`zbek

05.01.2018 19:52 Chop etish versiyasi

Namanganda «Yosh hunarmand – an’analar davomchisi» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Namanganda «Yosh hunarmand – an’analar davomchisi» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi, «Hunarmand» uyushmasi viloyat bo‘limi, xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, yoshlarni hunar o‘rganishga keng jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadiga qaratilgan.

6.jpg

8.jpg

11.jpg

Tanlovda 200 dan ziyod yosh hunarmand 13 yo‘nalishda o‘z salohiyatini namoyish etdi. Mahorati yuksak baholangan 36 nafar ishtirokchi tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
17 323