O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Namanganda 55 yosh oilaga “Yoshlar uylari” beriladi

Namanganda 55 yosh oilaga “Yoshlar uylari” beriladi

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining oʻrinbosari Muzaffar Akramov Namanganda bunyod etilayotgan koʻp qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi.

Bugun Namangan shahrining Islom Karimov koʻchasi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda beshta yetti qavatli uy barpo qilinmoqda. Mazkur turar joylar qurib bitkazilganidan keyin shu yilda 55 yosh oila yangi uyga koʻchib oʻtadi. Keyingi yillarda 60 oilaga shunday uylar berilishi koʻzda tutilgan.

Eʼtiborlisi shundaki, ushbu yangi uylar 30 yoshgacha boʻlgan yosh oilalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi farmoni bilan tasdiqlangan “Yosh oilalarni uy-joyi va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018-2021-yillarga moʻljallangan “Yoshlar uylari”ni barpo etish dasturi”ga muvofiq ipoteka krediti asosida, Yoshlar ittifoqi hududiy boʻlimi tomonidan boshlangʻich toʻlovning 65 foizi toʻlab beriladi.

Shu oʻrinda qayd etish lozimki, Namangan viloyatida 2017-2020-yillar davomida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan 106 yosh oilaga “Yoshlar uylari” topshirildi.

1 221
Oqilxon Dadaboyev, Shoxruh Kenjayev (surat), OʻzA