Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.12.2017 13:02 Chop etish versiyasi

Namanganda 144 kishi ishga yo‘llanma oldi

Namanganda 144 kishi ishga yo‘llanma oldi Namangan shahridagi viloyat "Barkamol avlod" bolalar markazida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi, xalq ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan mehnat bozorida 100 dan ziyod xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zida mavjud 1 ming 450 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

2.jpg

6.jpg

Yarmarkaga shahar va tuman bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan 450 ga yaqin uyushmagan yoshlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari taklif etildi.

Tadbirda 144 nafar yigit-qiz iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarga ishlash uchun yo‘llanma oldi. Ishtirokchilarga mehnat, ijtimoiy muhofaza masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
5 520