O‘zA O`zbek

12.01.2019 11:14 Chop etish versiyasi

Namangan viloyati boʻylab 80 kilometr...

Namangan viloyati boʻylab 80 kilometr...

Namanganda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Vatanparvarlik avtoyurishlari” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur koʻrgazmali avtoyurish aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib qilishning oʻziga xos ommaviy vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shahar va tumanlar markaziy koʻchalari boʻylab davlatimiz bayrogʻi, chuqur mazmun va maʼno mujassam shiorlar bilan bezatilgan avtokarvonning oʻtishini minglab yurtdoshlarimiz gʻurur va havas bilan kuzatib qoladilar.

9ac877f5-197c-4ca8-b629-db7eb3f34da1.jpg

Navbatdagi “Vatanparvarlik avtoyurishi” ishtirokchilari karvoni Namangan avtomobil maktabining saf maydonidan chiqib, viloyat markazidagi “Xotira xiyoboni” ga keldi va bu yerda “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gullar qoʻyildi.

Soʻngra avtokarvon Namangan, Mingbuloq, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari tomon yoʻl oldi. Mazkur tumanlardagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari, mahalliy hokimliklar majlislar zalida vatanparvarlik va maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirlarda tuman hokimlari va oʻrinbosarlari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbariyati, tarixchi olimlar, Mudofaa vazirligi faxriylar kengashi aʼzolari, ikkinchi jahon urushi, Qurolli Kuchlar va “Vatanparvar” tashkilotining faxriylari, nuroniylar, “Vatanparvar” tashkiloti Namangan avtomobil maktabida tayyorgarlikdan oʻtayotgan chaqiriluvchilar vakillari ishtirok etdi.

9fe51555-a0fc-480f-8acc-f7ec630274c5.jpg

Tadbirlarda mustaqillik yillarida xalq osoyishtaligi yoʻlida xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan 29 nafar harbiy xizmatchi, ichki ishlar va bojxona xodimlarining farzandlari hamda oila aʼzolariga “Vatanparvar” tashkilotining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

“Vatanparvarlik avtoyurishi” tomonidan shu kuni viloyat boʻylab 80 kilometr yoʻl bosilib, shahar va tumanlardagi yurtdoshlarimizga quvonch ulashildi.

828424bf-d46f-4918-aaa5-42e2405e4fda.jpg

d6c2ce65-0594-4150-a990-fa088da2f076.jpg

Akromjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA
3 319