O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

Namangan tumanida ishsizlarga toʻlanishi lozim boʻlgan 216,2 million soʻm byudjet mablagʻlari talon-taroj qilingan

Namangan tumanida ishsizlarga toʻlanishi lozim boʻlgan 216,2 million soʻm byudjet mablagʻlari talon-taroj qilingan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi mansabdor shaxslari tomonidan markazga ish soʻrab murojaat qilmagan va ishsizlar roʻyxatiga kiritilmagan 204 fuqaroning jamoat ishlariga jalb etilgani haqida soxta hujjatlar tuzish orqali jami 216,2 million soʻm byudjet mablagʻlari talon-taroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markaz mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

2 626
O'zA