O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Namangan Davlat xizmatlari markazi belaruslik mehmonlarni kutib oldi

Namangan Davlat xizmatlari markazi belaruslik mehmonlarni kutib oldi Joriy yilning 20 sentyabr kuni Belarus Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari Igor Tushinskiy boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi Davlat xizmatlari markazining tajribasini oʻrganish uchun tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Namangan viloyati Davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Dilmurod Ismoilov kutib oldi. Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosari Noʻʼmon Muhammadiyev bilan birgalikda mehmonlarni davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimi, Namangan misolida markazlarning faoliyati bilan tanishtirdi.

Mazkur markaz zarur boʻlgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan eng katta va namunalilardan biri.

D. Ismoilov “yagona darcha” tamoyilini amalga oshirish, shuningdek, markazlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi afzalliklar haqida soʻzlab berdi.

Shuningdek, mobil sayyor xizmatlari koʻrsatish haqida maʼlumot berildi.

Bugungi kunda Namangan Davlat xizmatlari markazi eksperimentlar markazlaridan biri boʻlib, 100 ga yaqin davlat xizmatlarini koʻrsatadi. Namangan shahri aholisiga pasport beradigan va yangilaydigan yagona markaz hamdir. Bu yerda bir kunda 800 dan ziyod fuqaroga xizmat koʻrsatiladi. Markaz binosida Prezident Xalq qabulxonasi, FHDYO boʻlinmasi, sugʻurta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tez yordam va bank filiallari mavjud.

photo5269425251987597632.jpg

photo5269425251987597627.jpg

photo5269425251987597629.jpg


2 406
OʻzA