Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.02.2018 16:00 Chop etish versiyasi

Nafaqaxo‘r giyohvand modda bilan qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarning qilmishlari fosh etildi.

Uchko‘prik tumani Yoyilma qishlog‘ida yashovchi B.Alimov nafaqa yoshida bo‘lsa ham, uyida tinchgina o‘tirmadi. U Qo‘qon shahrida “maxsus xaridor”ga 250 ming so‘m pul evaziga bir dona gugurt qutisida vazni 13, 41 gramm “marixuana” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda ushlandi. Uning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, omborxonasidan sellofan paketda sof og‘irligi 767 gramm “marixuana” giyohvand moddasi saqlab kelinayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida Qoraqushchi mahallasida istiqomat qiluvchi O.Kenjayevning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Uyining tom qismida bir dona 3 litrli shisha idishda va bir dona qora sumkada 430 gramm “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Rishton tumani Amirobod qishlog‘ida yashovchi I.Xoldorovning xonadoni yerto‘lasida 1 litr hajmdagi yelim idishda, yashil rangli, o‘tkir hidli quritilgan giyohvand moddasini saqlab kelayotgani aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u sof og‘irligi 326 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi ekan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
4 657