O‘zA O`zbek

17.08.2018 17:35 Chop etish versiyasi

Muzeyning tasviriy san’at asarlari xalqimiz va sayyohlar e’tiborida

Muzeyning tasviriy san’at asarlari xalqimiz va sayyohlar e’tiborida O‘zbekiston davlat san’at muzeyining “O‘zbekiston xalq amaliy san’ati”, “O‘zbekiston tasviriy san’ati”, “Rossiya va G‘arbiy Yevropa davlatlari san’ati”, “Xorijiy Sharq mamlakatlari san’ati” deb nomlangan asosiy bo‘limlarda to‘qson sakkiz mingdan ortiq ashyo va kolleksiya saqlanmoqda.

Muzey ekspozitsiyada O‘zbekiston, Rossiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tasviriy san’at ustalari asarlariga keng o‘rin berilgan. Bu san’at asarlariyurtimiz va xorijliklar qiziqishini o‘yg‘otib kelayotganini alohida ta’kidlash zarur.Latviya Fanlar akademiyasi prezidenti Oyars Sarritis yurtimizga qilgantashrifi chog‘ida ushbu maskanda bo‘lib,bu yerda yuqori darajada saqlanayotgan Yevropa san’ati kolleksiyalari va ular orasida vatandoshi – rassom Karl Gunning “Ko‘k ko‘ylakdagi ayol” surati borligidan juda quvonganibunga yaqqol misol.

13.jpg

– 1897 - 2011 yillarga oid O‘zbekiston milliy rangtasvir va grafikaning rivojlanish maktabi va uning shakllanish jarayonlarini I.Kazakov, R.Zommer, P.Benkov, A.Nikolayev, A.Volkov, N.Karaxan, O‘.Tansiqboyev, A.Abdullayev, R.Ahmedov, Ch.Ahmarov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Nuriddinov va boshqa yirik mo‘yqalam sohiblari asarlarida ko‘rishimiz mumkin, – deydi muzey direktori Vasila Fayziyeva. – XV-XX asrlardagi Rossiya tasviriy san’ati muxlislarni rus ikonalaridan tortib, D.Leviskiy, V.Surikov, V.Borovikovskiy, O.Kiprenskiy kabi yirik rangtasvir ustalarining asarlari bilan yaqinroq tanishtirishga imkon yaratadi. Dunyoga mashhur abstraksanizm va avangardistlarning yorqin ijodkorlari V.Kandinskiy, A.Yavlenskiy, I.Klyun, E.Stenberg, P.Konchalovskiy asarlari ham muzey kolleksiyasidan o‘rin olgan.

15.jpg

G‘arbiy Yevropa tasviriy san’at asarlari ham o‘zining tarixiyligi bilan ajralib turadi. Masalan, noma’lum rassom tomonidan chizilgan “Bibi Maryam go‘dak bilan” (XV asr, Italiya), D.Domenikinoning “Sivilla” (XVII asr, Italiya), P.Xuanning “Ispan qiroli Filippe III portreti” (Ispaniya, 1599 yil), G.Ringglening “Erkak portreti” (Germaniya, 1606 yil) kabi asarlari xalqimiz va sayyohlardiqqat-e’tiborida.

Nasiba Ziyodullayeva, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA
1 928