Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.08.2017 15:18 Chop etish versiyasi

Muvofiqlashtiruvchi kengash: yangi vazifalar muhokamasi

Jizzax viloyati Zomin tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan seminarda fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy bo‘limlari raislari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari oldida turgan vazifalarga oid ma’ruzalar tinglandi.

Fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari – keksalar va faxriylar masalalari bo‘yicha maslahatchilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish, to‘y va boshqa marosimlar ixcham, milliy qadriyatlarimizga mos holda o‘tkazilishini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining o‘rni xususida fikr almashildi.

– Seminarda faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot oldik, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sharof Rashidov tumani kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Omonliqov. – Tadbirda uyushmagan yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish, to‘y-ma’rakalarni tartibga solish bo‘yicha juda foydali fikrlar o‘rtaga tashlandi.

Bunday o‘quv-seminarlarni barcha tuman va shaharlarda o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
1 207






Все о погоде - Pogoda.uz