O‘zA O`zbek

19.01.2020 Chop etish versiyasi

Mutaxassislar yadroviy texnologiyalarning xavfsizlik darajasi toʻgʻrisida maʼlumot berdi

Mutaxassislar yadroviy texnologiyalarning xavfsizlik darajasi toʻgʻrisida maʼlumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yadroviy texnologiyalarning xavfsizligi masalalarida notoʻgʻri talqin qilish va tarqatish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Chernobil AESi yon-atrofidagi tark etish zonasi misolida radiatsiya va nurlanishning turli genetik mutatsiyalarga hamda tabiatga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi slayd notoʻgʻri talqin qilingan holda tarqatilgan.

Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universitetida “Oʻzbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusi oʻtkazilgan ochiq muloqotda bunga aniqlik kiritildi.

Tadbirda Energetika vazirligi va “Oʻzatom” agentligi vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi

Qayd etilganidek, hozirgi kunda atom energetikasi va yadroviy texnologiyalardan foydalanish sohasi atrofida haqiqatga zid koʻplab afsonalar tarqalgan.

Toʻgʻri, tarixda katta miqdordagi radiatsiyaning aholiga va tabiatga taʼsirli holatlari boʻlgan.

Shu sababli Chernobil oʻrmonlarida ikki kallali hayvonlar yoki mutantlar yashashi yoki Yaponiyada Xirosima va Nagasaki shaharlari bombardimon qilingandan soʻng genetik oʻzgarishlar bilan bolalar tugʻilayotgani haqida afsonalar mavjud.

Ammo Chernobil AESi tark etish zonasida hozirda odamlar yashamaydi, u yerda hech qanday xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaydi va shu sababli tabiat gullab-yashnamoqda. U yerda hech qanday ikki kallali hayvonlar ham yoʻq. Shuningdek, Yaponiyadagi bombardimonlardan soʻng yuqori dozadagi nurlanishni olgan ota-onalardan tugʻilgan farzandlarda hech qanday genetik oʻzgarishlar kuzatilmagan.

Tadbirda atom elektr stansiyasining afzalliklari va zamonaviy yadroviy texnologiyalarning xavfsizlik darajasi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Aholining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyoji ortib borayotgani zamonaviy energiya ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni taqozo qiladi. Bu jarayonda esa xavfsizlikni taʼminlash masalasi, albatta, inobatga olinadi.

22 969
OʻzA