Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 12:37 Chop etish versiyasi

Mustaqillik me’moriga ehtirom

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 25-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent madaniyat kollejida o‘tkazilgan tadbirda buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning Vatanimiz taraqqiyotidagi ulkan hissasi, u kishi boshlagan ezgu ishlar yosh avlodning porloq kelajagi yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Birinchi Prezidentimizning ta’lim tizimini isloh qilishga qaratgan alohida e’tibori bugun yoshlarning iste’dod va iqtidorini, intellektual salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Kollejda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mazkur qarori ijrosi asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mustaqillik me’mori Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviyat soatlari tashkil etildi.

– Uch kun davom etgan tadbirlar doirasida o‘quvchilarimiz buyuk Yo‘lboshchimiz tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan demokratik davlatga aylantirgani xususida ma’ruzalar tingladi, – deydi kollejning ma’naviyat bo‘limi xodimi Surayyo Ikromova. – Bundan tashqari, insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Yoshlarimiz bu tadbirlarda juda faol qatnashib, Birinchi Prezidentimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromini namoyon etdi.

Tadbirda Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida hujjatli film va videorolik namoyish etildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
1 207






Все о погоде - Pogoda.uz