O‘zA O`zbek

16.09.2019 Chop etish versiyasi

Mustaqillik mavzuidagi tanlov gʻoliblari taqdirlandi

Mustaqillik mavzuidagi tanlov gʻoliblari taqdirlandi


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Mustaqillik – mening tasavvurimda” mavzuida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov gʻoliblari taqdirlandi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashi, “Yoshlar ovozi” hamda “Tong yulduzi” gazetalari hamkorligida oʻtkazilgan tanlov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida tashkil etildi.

Koʻrik-tanlovning dastlabki bosqichi poytaxtimiz umumtaʼlim maktablarining 14-17 yoshdagi oʻquvchilari oʻrtasida aprel-may oylarida oʻtkazildi. Ularda qariyb 5 ming oʻquvchi ishtirok etdi.

Tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning ona Vatan, mustaqillikni madh etgan eng sara sheʼr va rassomlik asarlari xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari koʻmagida kitob holida chop etildi.

Tanlovning Toshkent shahar bosqichida 22 iqtidorli oʻquvchi sheʼriyat va rassomchilik yoʻnalishida ishtirok etdi. Ishtirokchilar Vatan, ona, tabiat mavzusiga oid sheʼrlarini oʻqib berdi, chizgan rasmlarini namoyish qildi.

Sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻrin Sergeli, ikkinchi oʻrin Shayxontohur, uchinchi oʻrin Yunusobod tumani oʻquvchilariga berildi. Rassomchilik boʻyicha Yashnobod tumani birinchi, Mirobod hamda Yunusobod tumani ikkinchi va uchinchi oʻringa munosib topildi.

Gʻoliblar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

1.jpg

25.jpg

29-faqat saytga.jpg


2 496
Gulnoza BOBOYEVA, OʻzA