O‘zA O`zbek

11.09.2018 17:43 Chop etish versiyasi

Mustaqillik marafoni

Mustaqillik marafoni
Termizda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida“Mustaqillik marafoni” oʻtkazildi.

Bayramona ruhda tashkil etilgan velomarafonda 10-15, 16-30, 30 va undan yuqori yosh toifasida 1000 ga yaqin sport ixlosmandi qatnashdi. Ishtirokchilar Termiz shahrining Barkamol avlod koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha boʻlgan besh kilometr masofaga yugurish boʻyicha bahslashdi.

Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Faol ishtirokchilarga homiy tashkilot “Yubileynыy” savdo markazining 300 ming soʻmlik maxsus vaucherlari topshirildi.

9.jpg

11 (1).jpg


Jonibek Qoʻzimurodov (surat) OʻzA
2 814