O‘zA O`zbek

13.08.2020 Chop etish versiyasi

“Mustaqillik kubogi”da qaysi yulduzlar qatnashadi?

“Mustaqillik kubogi”da qaysi yulduzlar qatnashadi?
Ogʻir atletika

Ogʻir atletika boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniriga boʻlgan qiziqish kundan-kun ortib bormoqda. 28-30-avgust kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan musobaqada qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar soni ham ortib bormoqda.

Ayni paytda kelib, 27 mamlakatdan talabnomalar kelib tushgan. Ular orasida jahon miqyosida koʻzga koʻringan yulduz atletlarni ham uchratish mumkin.

Jumladan, hozirgacha uch karra jahon chempioni Zulfiya Chinshanlo (-55 kg) (Qozogʻiston), jahon chempioni Li Venven (+87 kg), toʻrt karra jahon chempionati sovrindori Kan Yue (+87 kg) (Xitoy), olimpiya oʻyinlari sovrindori Luis Moskera (-67 kg) (Kolumbiya), ikki karra jahon chempionati sovrindori Dmitro Chumak (-109) (Ukraina)lar musobaqada qatnashish istagini bildirishgan.

Reglamentga koʻra, musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan terma jamoalar 14-avgustgacha oʻz talabnomalarini joʻnatishlari mumkin. Shundan soʻng barcha vazn toifalari va musobaqa taqvimi, ishtirokchilar shakllantirib olinadi. Qayd etish joiz, bellashuvlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan belgilanadi. Misol uchun, Toshkent vaqti bilan 14:00 ga belgilangan bahsda Lotin Amerikasi mamlakati vakillari oʻzlarining vaqti bilan qatnashadi. Bunda ularda taxminan tungi 02:00 boʻladi. Shunday noqulayliklar yuzaga kelsa ham, aytib oʻtganimizdek, boʻlajak musobaqaga qiziqish ulkan va terma jamoalar ish talabnomalarini joʻnatishda davom etmoqda.

Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-55 kg: Muattar Nabiyeva

-59 kg: Nigora Abdullayeva

-71 kg: Kumushxon Fayzullayeva

-81 kg: Tursunoy Jabborova

-67 kg: Adhamjon Ergashev

-89 kg: Sarvar Zafarjonov

-102 kg: Farhod Sobirov

-109 kg: Akbar Joʻrayev

1 449
O'zA