Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.12.2017 11:40 Chop etish versiyasi

Mustaqillik ko‘chasida 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi

Mustaqillik ko‘chasida 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi Konstitutsiyamizning 25 yilligi arafasida Andijon shahridagi Mustaqillik ko‘chasida 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

14.JPG

– Viloyatda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Nodirbek Yusupov. – Bunday e’tibor yoshlarni yanada ko‘proq izlanish va ulkan marralar sari ruhlantirmoqda. Bugun yangi uy sohibiga aylangan yosh oilalar vakillarining quvonchini ko‘rib, shunday yurtda yashayotganingizdan faxrlanib ketasiz.

“Art uz gold servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan ushbu 5 qavatli uy alohida isitish tizimiga ega. Uy oldida zamonaviy bolalar maydonchasi qurilgan. Uylarning uzoq muddatli imtiyozli bank krediti asosida berilgani yosh oilalarga katta qulaylik yaratdi.

10.JPG

– Konstitutsiyamizning 25 yillik bayramini yangi uyda nishonlamoqdamiz, – deydi Andijon shahridagi 50-davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Nasiba Ahmadaliyeva. – Ikki farzandimiz bor. Bu yerdagi sharoitlardan ota-onamiz, barcha yaqinlar ham xursand.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
9 417