Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 12:41 Chop etish versiyasi

Mustaqillik – buyuk va bebaho ne’mat

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.

Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, tadbirkor xotin-qizlar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida xalqimiz turmush farovonligini oshirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash, yoshlarni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda partiyaning ezgu maqsad va g‘oyalarini keng targ‘ib etish, tashabbus va istiqbolli loyihalari bilan salmoqli natijalarga erishayotgan bir guruh partiya faollari, tadbirkor va fermerlar taqdirlandi.

– El-yurt ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotganimdan faxrlanaman, – deydi “Karmana DASD” xususiy korxonasi rahbari Dilorom Aslonova. – Bugungi kunda qurilish materiallari, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdamiz. Joriy yilda O‘zLiDeP markaziy kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida birinchi o‘rinni egalladim.

Partiya viloyat kengashi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi tomonidan ishbilarmon xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda viloyatda 9 ming 800 xotin-qiz partiya a’zosi bo‘lib, ularning aksariyati tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

San’atkorlarning Vatan, tinchlik va mustaqillik madh etilgan kuy-qo‘shiqlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
3 901






Все о погоде - Pogoda.uz