Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 17:14 Chop etish versiyasi

Mustaqillik – bebaho ne’mat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida qator tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi «Ko‘kcha» mahalla fuqarolar yig‘inida «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston» shiori ostida tashkil etilgan «O‘z tarixi bilan faxrlanmaydigan xalqning istiqboli yo‘qdir!» mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham ulardan biridir.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Toshkent shahar hamda Shayxontohur tumani kengashlari, «Ko‘kcha» mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida uyushtirilgan tadbirga partiya va mahalla faollari, taniqli san’atkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi.

Tadbirda so‘z olganlar eng bebaho ne’mat – istiqlol xalqimizning milliy manfaatlari, orzu-istaklarining ushalishi hamda tinch-totuv va farovon yashashida muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Taniqli san’atkor va aktyorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
2 505






Все о погоде - Pogoda.uz