Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 14:50 Chop etish versiyasi

Mustaqilligimiz me’mori

“Turkiston” san’at saroyida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan “Mustaqillik me’mori Islom Karimov qalbimiz va yuragimizda” mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori Birinchi Prezidentimiz nomini abadiylashtirish, Vatanimiz va xalqimizga baxshida hayoti, serqirra faoliyati haqida yanada yorqin tasavvurga ega bo‘lishga xizmat qiladi.

Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i B.Abdullayev va boshqalar mustaqilligimiz me’mori Islom Karimovning xalqimiz tinchligi va farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi jasorati va matonatini alohida qayd etib, davlat va siyosat arbobi sifatidagi keng ko‘lamli faoliyati, amalga oshirgan ulug‘vor ishlarini yodga oldi.

Yurtimizda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularning jahon arenalarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligi, hududiy yaxlitligi hamda chegaralarni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘liq.

– Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” mamlakatimizning davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishida asosiy tamal toshi bo‘ldi, – deydi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Boymirza Quljonov. – Birinchi Prezidentimiz mustaqil O‘zbekistonimizning asoschisi, uni zamonaviy taraqqiy ettirish strategiyasini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida mangu qoladi.

Tadbirda Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyati haqida hujjatli film namoyish etildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
3 775






Все о погоде - Pogoda.uz