Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 17:25 Chop etish versiyasi

Mustaqil davlatimiz asoschisi tavallud sanasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud sanasi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Muzey direktori X.Fayziyev, «Kamolot» YoIH Toshkent shahar kengashi raisi A.Jumaboyev va boshqalar mustaqil davlatimizning asoschisi Islom Karimovning el-yurtimiz ravnaqi, ona Vatanimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi buyuk xizmatlari unutilmas ekanligini ta’kidladi.

– Birinchi Prezidentimiz biz, yoshlarga otadek g‘amxo‘r va mehribon edi, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Muhriddin Shamsiddinov. – Yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, ularning komil va barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qildi. Imzolagan ilk qonunlaridan biri ham yoshlarga oid bo‘ldi. Biz u kishiga munosib avlod bo‘lishga intilamiz.

Tadbirda Islom Karimovning mashaqqatli va sermazmun faoliyati, hayoti va yuksak insoniy fazilatlari hamda mamlakatimizda olib borilgan keng qamrovli islohotlar jamiyatimizni rivojlanish bosqichiga olib chiqqani xususida so‘z yuritildi.

Birinchi Prezidentimiz faoliyati haqida hujjatli film va videolavhalar namoyish etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 335






Все о погоде - Pogoda.uz