O‘zA O`zbek

03.08.2018 19:35 Chop etish versiyasi

Mustahkam oila – jamiyat tayanchi

Mustahkam oila – jamiyat tayanchi
Poytaxtimizda shu mavzuda madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi, Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirga soha xodimlari, ularning oila a’zolari taklif etildi.

Oila – avlodlar davomiyligi, qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni, qolaversa, xalqimiz ma’naviy merosining avloddan avlodga o‘tishini ta’minlovchi omildir. Shu bois oilani asrash, uni qo‘llab-quvvatlash, mustahkamligini ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib kelgan. Oilalar mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘ladi va barqaror rivojlanadi.

Yurtimizdaoilagajamiyatningasosiynegizisifatidaqarab, sog‘lomoila muhitiniyaratish, onava bolasalomatliginimuhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, hayot hamisha ham birdek davom etmaydi.Bunda hayotning sinovlari, og‘ir-yengilini birdek qabul qilish va oila qo‘rg‘onini asrab qolish muhimdir.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Ajralishlarning oldini olish, farzandlarning oilada to‘la-to‘kis ulg‘ayishi, ularning ta’lim-tarbiyasi borasida fikrlashildi.

B.Meliqulova, O‘zA
3 243